Uch merosxo'r
Masala #2147 · murakkablik 74% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
n ta buyumni uch merosxo'r - A, B va C ga taqsimlash kerak: har buyum aynan bittasiga beriladi, i-buyumning qiymati vi. Uchalasi olgan qiymatlar yig'indisi teng bo'ladigan taqsimotlar sonini toping. Taqsimotlar buyum kimga berilgani bilan farqlanadi (merosxo'rlar nomlangan).
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, ikkinchisida v1, …, vn.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 24, 1 ≤ vi ≤ 109.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.