O'n beshlik

Masala #2128 · murakkablik 72% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

4 × 4 qutida 1 dan 15 gacha raqamlangan plitkalar va bitta bo'sh joy (0) bor. Bir yurishda bo'sh joyga qo'shni (tomon bo'yicha) plitka bo'sh joyga suriladi. Maqsad holat:

 1  2  3  4
 5  6  7  8
 9 10 11 12
13 14 15  0

Eng kam yurishlar sonini toping yoki maqsadga yetib bo'lmasa -1 chiqaring. Yetib bo'ladigan holatlarda javob 50 dan oshmasligi kafolatlanadi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda testlar soni T (1 ≤ T ≤ 6). Har test - bitta qatorda 16 ta son: qutini qatorma-qator o'qish.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har test uchun alohida qatorda javob.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.