Yashirin qavslar
Masala #2138 · murakkablik 48% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
Hakam uzunligi n bo'lgan to'g'ri qavslar ketma-ketligini yashirgan (har bir ( ga keyinroq kelgan bitta ) mos keladi). Siz so'rov berishingiz mumkin: ? l r (1 ≤ l < r ≤ n) - hakam 1 deydi, agar l-belgidan r-belgigacha bo'lgan qism o'zi to'g'ri qavslar ketma-ketligi bo'lsa, aks holda 0.
Ko'pi bilan n ta so'rov bilan ketma-ketlikni toping va ! s ko'rinishida chiqaring.
Muloqot misoli:
| Dastur | Hakam |
|---|---|
| 4 |
? 1 2 | 0 |
? 2 3 | 1 |
! (()) | |
1-2 qism to'g'ri emas, demak 2-belgi (; 2-3 qism to'g'ri - 3-belgi ); oxirgi belgi doim ).
Har bir so'rovdan keyin chiqishni tozalang: cout << ... << endl; yoki fflush(stdout), aks holda hakam so'rovni ko'rmaydi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Boshida n (2 ≤ n ≤ 2000, juft), keyin har so'rovga javoban 0 yoki 1.
Chiquvchi ma'lumotlar
So'rovlar ? l r va oxirida ! s.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.