Aniq qoplash
Masala #2123 · murakkablik 60% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
1 dan n gacha sonlar to'plami va uning m ta qism to'plami berilgan. Ulardan bir nechtasini shunday tanlangki, 1 dan n gacha har bir son tanlanganlardan aynan bittasida uchrasin. Bunday tanlov bo'lmasa, -1 chiqaring.
To'g'ri javob bir nechta bo'lsa, istalganini chiqaring - javobni tekshiruvchi dastur baholaydi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m. Keyingi m qatorning har birida: k va k ta turli son (qism to'plam elementlari).
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 60, 1 ≤ m ≤ 500.
Chiquvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda tanlangan to'plamlar soni, ikkinchisida ularning raqamlari (1 dan, kiritilish tartibida raqamlangan) - yoki bitta -1.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.