Ichma-ich satrlar
Masala #2135 · murakkablik 56% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
T1, T2, …, Tn satrlari qoidalar bilan berilgan: Ti - bir nechta bo'lakning ketma-ket yozilishi, har bo'lak yo kichik lotin harfi, yo oldingi satrlardan biri Tj (j < i). Masalan, T1 = ab, T2 = T1 c T1 bo'lsa, T2 = abcab. Satrlar juda uzun bo'lishi mumkin.
q ta so'rov: Tn ning k-belgisi qaysi (1 dan sanaladi)? k satr uzunligidan katta bo'lsa, javob . (nuqta).
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n. Keyingi n qatorda qoidalar: bo'laklar soni c va c ta bo'lak - harf yoki satr raqami. Keyin q va q ta son k.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 100, 1 ≤ c ≤ 10, 1 ≤ q ≤ 105, 1 ≤ k ≤ 1018.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda q ta belgi - javoblar ketma-ket.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.