Yig'indilardan tiklash
Masala #2148 · murakkablik 78% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
Yashirin n ta butun sondan iborat massiv bor (sonlar manfiy, nol yoki teng bo'lishi mumkin). Uning barcha 2n ta qism to'plami yig'indilari (bo'sh to'plam ham, yig'indisi 0) aralash tartibda berilgan. Massivni tiklang.
To'g'ri javob bir nechta bo'lsa, istalganini chiqaring - javobni tekshiruvchi dastur baholaydi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, ikkinchisida 2n ta yig'indi.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 15, massiv elementlari |ai| ≤ 109; yig'indilar haqiqatan biror massivdan olingani kafolatlanadi.
Chiquvchi ma'lumotlar
n ta son - massiv elementlari (istalgan tartibda).
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.