Benzin shoxobchalari
Masala #2173 · murakkablik 60% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Yuk mashinasi to'g'ri yo'l bo'ylab 0 nuqtadan d nuqtaga boradi. Har birlik masofaga bir litr benzin sarflanadi, bak sig'imi n litr, yo'lga chiqishda bak to'la. Yo'l bo'yida m ta shoxobcha bor: i-si xi nuqtada, unda bir litr benzin pi so'm. Shoxobchada istalgan miqdorda (bak sig'imidan oshirmasdan) benzin quyish mumkin.
Manzilga yetib borish uchun eng kam xarajatni toping (u har doim butun son bo'ladi). Yetib bo'lmasa, −1 chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda d, n, m. Keyingi m qatorda xi va pi; shoxobchalar ixtiyoriy tartibda, barcha xi turlicha.
Cheklovlar: 1 ≤ d, n ≤ 109, 0 ≤ m ≤ 2·105, 1 ≤ xi ≤ d − 1, 1 ≤ pi ≤ 106.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng kam xarajat yoki −1.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.