Kitob javonlari
Masala #2176 · murakkablik 85% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
Kutubxonada n ta tor javon bor, har birida kitoblar bir qatorda tizilgan va faqat chetdagisini olish mumkin. i-javonda ti ta kitob, chetdan boshlab qiymatlari ai,1 ≤ ai,2 ≤ … - har javonda arzonlari oldinda turadi.
Siz aynan k marta kitob olasiz: har safar istalgan bo'sh bo'lmagan javonni tanlab, uning chetidagi kitobni olasiz. Olingan kitoblar qiymatlari yig'indisini eng katta qiling.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va k. Keyingi n qatorda: avval ti, keyin ti ta son - i-javondagi kitoblar qiymatlari chetdan boshlab (kamaymaydigan).
Cheklovlar: 1 ≤ n, k ≤ 3000, 1 ≤ ti, k ≤ Σti ≤ 106, 0 ≤ ai,j ≤ 108.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng katta yig'indi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.