Nol va birlar daraxti
Masala #2175 · murakkablik 75% · vaqt chegarasi 1.5 s · xotira 256 MB
n tugunli ildizli daraxt berilgan, ildiz - 1-tugun. Har tugunda 0 yoki 1 raqami yozilgan. Tugunlarni bir qatorga terish kerak: har tugun o'z otasidan keyin (o'ngroqda) tursin. Tugunlardagi raqamlarni shu tartibda yozsak, uzunligi n bo'lgan 0/1 qator hosil bo'ladi.
Qatordagi inversiyalar - chaprog'ida 1, o'ngrog'ida 0 turgan juftliklar soni. Masalan, 1010 da 3 ta inversiya bor. Tugunlarni shunday teringki, inversiyalar soni eng kam bo'lsin.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n. Ikkinchi qatorda p2, …, pn - tugunlarning otalari (n = 1 da bu qator bo'sh). Uchinchi qatorda v1, …, vn - tugunlardagi raqamlar.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2·105, 1 ≤ pi < i, vi ∈ {0, 1}.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng kam inversiyalar soni.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.