Ikki jamoa
Masala #2161 · murakkablik 65% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Universitet bir haftada ikki musobaqaga jamoa yuboradi: dasturlash olimpiadasiga aynan p talaba, sport spartakiadasiga aynan s talaba. Fakultetda n talaba bor; i-talabaning dasturlashdagi mahorati ai, sportdagisi bi. Musobaqalar bir vaqtda, shuning uchun bir talaba ikkala jamoada bo'la olmaydi (ba'zi talabalar umuman bormaydi). Universitetning umumiy kuchi - dasturchilar a lari va sportchilar b lari yig'indisi. Uni eng katta qiling.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, p, s (1 ≤ n ≤ 2·105, 0 ≤ p, s, p + s ≤ n). Ikkinchi qatorda a1, …, an, uchinchi qatorda b1, …, bn (1 ≤ ai, bi ≤ 105).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta butun son - eng katta umumiy kuch.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.