Laboratoriya navbati
Masala #2157 · murakkablik 62% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Laboratoriyadagi yagona spektrometr kuniga bitta tahlil bajaradi. n ta guruh tahlil so'radi. i-guruhning namunasi ri-kuni tayyor bo'ladi va di-kundan keyin buziladi, shuning uchun tahlil [ri, di] kunlaridan birida bajarilishi kerak. Bajarilgan tahlil uchun guruh pi so'm to'laydi; bajarilmaganlar uchun hech narsa. Laboratoriya qaysi tahlillarni qaysi kunlarda bajarsa, jami tushum eng katta bo'ladi? Shu tushumni toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 2000). Keyingi n qatorda ri, di, pi (1 ≤ ri ≤ di ≤ 109, 1 ≤ pi ≤ 109).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta butun son - eng katta tushum.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.