Sayohat pleylisti

Masala #2171 · murakkablik 48% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Aziza uzoq safarga chiqyapti va telefonidagi n ta qo'shiqdan pleylist tuzmoqchi. i-qo'shiqning uzunligi ti daqiqa, go'zalligi bi. Pleylistga kamida bitta, ko'pi bilan k ta turli qo'shiq kiradi.

Pleylistdan olinadigan zavq - tanlangan qo'shiqlar uzunliklarining yig'indisi bilan ular orasidagi eng kichik go'zallikning ko'paytmasi. Masalan, uzunligi 5 va 2, go'zalligi 4 va 9 bo'lgan ikki qo'shiq (5 + 2) · 4 = 28 zavq beradi. Eng katta zavqni toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va k. Keyingi n qatorda ti va bi.

Cheklovlar: 1 ≤ k ≤ n ≤ 2·105, 1 ≤ ti, bi ≤ 106.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng katta zavq.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.