Gulzorlarni tekislash
Masala #2168 · murakkablik 65% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bog'da qatorasiga n ta gulzor bor, ular 1 dan n gacha raqamlangan. i-gulzorda hozir Ai birlik tuproq bor, landshaft rejasiga ko'ra esa aynan Bi birlik bo'lishi kerak. Bog'bon uch xil ish qila oladi:
- istalgan gulzorga bir birlik yangi tuproq keltirish - X so'm;
- istalgan gulzordan bir birlik tuproqni olib ketish - Y so'm;
- bir birlik tuproqni i-gulzordan j-gulzorga tashish - Z · |i − j| so'm.
Barcha gulzorlarni rejaga keltirishning eng kam narxini toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, X, Y, Z (1 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ X, Y ≤ 108, 0 ≤ Z ≤ 1000). Keyingi n qatorda Ai va Bi (0 ≤ Ai, Bi ≤ 10).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng kam narx.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.