Televizor ijarasi
Masala #2172 · murakkablik 55% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Dam olish maskanida n ta ko'rsatuv namoyish qilinadi: i-ko'rsatuv li-daqiqa boshidan ri-daqiqa oxirigacha davom etadi (ikkala chegara ham kiradi). Har ko'rsatuv boshidan oxirigacha bitta televizorda ko'rsatilishi kerak. Bitta televizor bir vaqtda faqat bitta ko'rsatuvni ko'rsatadi: biri r-daqiqada tugasa, shu televizordagi keyingisi eng erta r + 1-daqiqada boshlanadi.
Televizorlar ijaraga olinadi. Har televizor bir marta, uzluksiz [a, b] daqiqalar oralig'iga olinadi (a - unda ko'rsatiladigan birinchi ko'rsatuv boshi, b - oxirgisi oxiri) va narxi x + y · (b − a) so'm. Hamma ko'rsatuvlarni namoyish qilishning eng kam umumiy narxini toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, x, y. Keyingi n qatorda li va ri.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, 1 ≤ x, y ≤ 109, 1 ≤ li ≤ ri ≤ 109.
Chiquvchi ma'lumotlar
Eng kam umumiy narxning 109 + 7 ga bo'lgandagi qoldig'i. Diqqat: eng kam narxning o'zi topilib, keyin qoldiq olinadi (qoldiqlarni solishtirish noto'g'ri).
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.