Tor zinapoya
Masala #2169 · murakkablik 72% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Qurilishda n qavatli yengil zinapoya yig'ilmoqda. i-qavatda (yuqoridan pastga, i = 1, …, n) bitta gorizontal taxta bor; u hozir x o'qi bo'yicha [li, ri] kesmani egallaydi. Har bir taxtani butunligicha chapga yoki o'ngga istalgan butun masofaga siljitish mumkin; taxtani s birlikka siljitish s so'm turadi (taxta uzunligi o'zgarmaydi).
Ishchilar bir qavatdan qo'shni qavatga o'ta olishi uchun har ikki qo'shni qavat taxtalarining x o'qidagi proyeksiyalari kamida bitta umumiy nuqtaga ega bo'lishi kerak (faqat uchlari tegib tursa ham bo'ladi). Bunga erishishning eng kam jami narxini toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 105). Keyingi n qatorda li va ri (1 ≤ li < ri ≤ 109).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng kam jami narx.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.