Raqamlarni almashtirish

Masala #2190 · murakkablik 56% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

N sonining raqamlarini istalgan tartibda qayta joylab yangi son hosil qilamiz (hamma raqamlar ishlatiladi, yangi son 0 bilan boshlanmasligi kerak). Shunday hosil bo'ladigan turli sonlardan nechtasi m ga qoldiqsiz bo'linadi?

Masalan, N = 112, m = 4: sonlar 112, 121, 211; 4 ga faqat 112 bo'linadi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda N va m.

Cheklovlar: 1 ≤ N < 1018, 1 ≤ m ≤ 100.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - shunday turli sonlar soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.