Uch rangli taxta

Masala #2196 · murakkablik 60% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Taxta n × m kataklarga bo'lingan. Har katakni uchta rangdan biriga (1, 2 yoki 3) bo'yash kerak: tomoni umumiy ikki katak har xil rangda bo'lsin. Ba'zi kataklar allaqachon bo'yalgan - ularning rangi o'zgarmaydi.

Bo'yash usullari sonini 109 + 7 ga bo'lgandagi qoldiqni toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m, keyingi n qatorda m ta raqamdan iborat satr: 0 - bo'yalmagan, 1-3 - shu rangga bo'yalgan.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 7, 1 ≤ m ≤ 1000.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - usullar soni modul bo'yicha.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.