Loyiha guruhlari
Masala #2213 · murakkablik 80% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
Sinfda n o'quvchi bor, i-o'quvchining tayyorgarlik darajasi ai. Ularni loyiha guruhlariga bo'lish kerak (har o'quvchi aynan bitta guruhda; bitta o'quvchidan iborat guruh ham mumkin). Guruhning notekisligi - undagi eng katta va eng kichik daraja farqi. Barcha guruhlar notekisliklari yig'indisi K dan oshmasligi kerak.
Nechta usulda bo'lish mumkin? Ikki bo'lish farqli, agar qandaydir ikki o'quvchi birida bitta guruhda, ikkinchisida har xil guruhlarda bo'lsa. Javobni 109 + 7 ga bo'lgandagi qoldiq bilan chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va K, ikkinchi qatorda a1, …, an.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 200, 0 ≤ K ≤ 1000, 1 ≤ ai ≤ 500.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - usullar soni modul bo'yicha.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.