Kenguru sakrashlari

Masala #2201 · murakkablik 70% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Qatorda 1 dan n gacha raqamlangan n ta tosh bor. Kenguru s-toshdan boshlab har toshda aynan bir marta bo'lib, t-toshda tugatishi kerak. U har sakrashda yo'nalishni almashtiradi: agar oldingi sakrash o'ngga bo'lsa, keyingisi chapga va aksincha (birinchi sakrash istalgan tomonga). Sakrash uzunligi ixtiyoriy.

Kenguru yo'llari sonini 109 + 7 ga bo'lgandagi qoldiq bilan toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda n, s, t.

Cheklovlar: 2 ≤ n ≤ 2000, 1 ≤ s, t ≤ n, s ≠ t.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - yo'llar soni modul bo'yicha.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.