Parket yotqizish

Masala #2195 · murakkablik 58% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Xona poli n × m kataklardan iborat; ba'zi kataklarda ustun turibdi (#), qolganlari bo'sh (.). Barcha bo'sh kataklarni 1 × 2 o'lchamli parket taxtachalari bilan to'liq qoplash kerak: taxtacha ikki qo'shni bo'sh katakni yopadi (tik yoki yotiq), taxtachalar ustma-ust tushmaydi va ustunlarga chiqmaydi.

Qoplash usullari sonini 109 + 7 ga bo'lgandagi qoldiqni toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m, keyingi n qatorda m ta belgidan iborat satr.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 10, 1 ≤ m ≤ 1000.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - usullar soni modul bo'yicha (bo'sh katak yo'q bo'lsa, javob 1).

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.