Qo'shni bo'lmagan kataklar
Masala #2194 · murakkablik 52% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Dala n × m kataklarga bo'lingan, i-qator j-ustundagi katakdan olinadigan hosil wij (manfiy bo'lishi ham mumkin - ekish zarar keltiradi). Kataklarning bir qismiga ekin ekiladi, lekin tomoni umumiy ikki katakka bir vaqtda ekish mumkin emas.
Eng katta jami hosilni toping (hech narsa ekmaslik ham mumkin - unda 0).
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m, keyingi n qatorda m tadan son.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 10, 1 ≤ m ≤ 1000, |wij| ≤ 106.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng katta jami hosil.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.