Rangli qutilar

Masala #2212 · murakkablik 74% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Qatorda n ta rangli quti turibdi, i-qutining rangi ci. Bir yurishda bir xil rangdagi istalgan ketma-ket k ≥ 1 ta qutini olib tashlab, k2 ball olasiz. Qolgan qutilar yaqinlashadi. Hamma qutilar olinguncha davom etadi.

Eng ko'p necha ball to'plash mumkin?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, ikkinchi qatorda c1, …, cn.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 100, 1 ≤ ci ≤ 100.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng ko'p ball.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.