Raqamlar hisobi
Masala #2184 · murakkablik 45% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Kitob sahifalari L dan R gacha raqamlangan. Bosmaxona har bir raqam uchun alohida harf terish blokini ishlatadi, shuning uchun har bir raqam (0, 1, …, 9) jami necha marta yozilishini bilish kerak.
L, L + 1, …, R sonlarining o'nlik yozuvida (boshida nolsiz) har bir raqam necha marta uchraydi?
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda L va R.
Cheklovlar: 1 ≤ L ≤ R ≤ 1018.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda 10 ta son: 0, 1, …, 9 raqamlarining uchrashlar soni.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.