To'lqinsimon sonlar
Masala #2185 · murakkablik 50% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Musbat butun son to'lqinsimon deyiladi, agar uning o'nlik yozuvida yonma-yon raqamlar teng bo'lmasa va ular navbatma-navbat ko'tarilib-tushib borsa: d1 < d2 > d3 < … yoki d1 > d2 < d3 > …. Bir xonali sonlar ham to'lqinsimon.
Masalan, 7, 31, 152, 9090 to'lqinsimon; 123, 11, 5442 esa emas.
[L, R] oralig'ida nechta to'lqinsimon son bor?
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda L va R.
Cheklovlar: 1 ≤ L ≤ R ≤ 1018.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - to'lqinsimon sonlar soni.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.