Burchak plitkalar

Masala #2197 · murakkablik 64% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

n × m devorni «burchak» plitkalar bilan to'liq qoplash kerak. Burchak plitka 2 × 2 kvadratning istalgan uchta katagini egallaydi (4 xil burilishda qo'yish mumkin). Plitkalar ustma-ust tushmaydi va devordan chiqmaydi.

Qoplash usullari sonini 109 + 7 ga bo'lgandagi qoldiqni toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda n va m.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 8, 1 ≤ m ≤ 500.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - usullar soni modul bo'yicha.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.