Vazifalar va ishchilar
Masala #2189 · murakkablik 50% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Korxonada m ta vazifa va n ta ishchi bor (n ≥ m). i-ishchi j-vazifani bajarsa, pij foyda keladi. Har vazifani aynan bitta ishchi bajarishi kerak, har ishchi ko'pi bilan bitta vazifa oladi (ba'zi ishchilar bo'sh qoladi).
Jami foydaning eng katta qiymatini toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m; keyingi n qatorda m tadan son: pi1, …, pim.
Cheklovlar: 1 ≤ m ≤ 12, m ≤ n ≤ 1000, 0 ≤ pij ≤ 106.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng katta jami foyda.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.