Xazinalarni yig'ish

Masala #2191 · murakkablik 58% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Labirint H × W kataklardan iborat: . - yo'lak, # - devor, S - boshlang'ich katak, * - xazina. Bir qadamda qo'shni (tomoni umumiy) devor bo'lmagan katakka o'tiladi.

S dan chiqib barcha xazinalarni (istalgan tartibda) yig'ish uchun eng kamida nechta qadam kerak? Oxirida istalgan katakda to'xtash mumkin. Biror xazinaga yetib bo'lmasa, -1 chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda H va W, keyingi H qatorda labirint.

Cheklovlar: 1 ≤ H, W ≤ 100; S aynan bitta; xazinalar soni 0 dan 13 gacha.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng kam qadamlar soni yoki -1.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.