Rangli munchoqlar

Masala #2183 · murakkablik 66% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Ipda n ta munchoq qatorlashgan, i-munchoqning rangi ci. Bir soniyada qatorning palindrom bo'lgan bitta uzluksiz qismini (ranglari chapdan o'ngga ham, o'ngdan chapga ham bir xil o'qiladigan) olib tashlash mumkin. Qolgan ikki bo'lak darhol birlashadi.

Hamma munchoqlarni eng kamida necha soniyada olib tashlash mumkin?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, ikkinchi qatorda c1, …, cn.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 500, 1 ≤ ci ≤ n.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng kam soniyalar soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.