Byudjet ichidagi xaridlar

Masala #2221 · murakkablik 60% · vaqt chegarasi 1.5 s · xotira 256 MB

Do'kon peshtaxtasida n ta tovar turibdi, i-tovarning narxi ai. Har xaridor peshtaxtaning [l, r] qismini ko'radi va narxi x dan oshmaydigan barcha tovarlarni oladi. U qancha pul to'laydi?

So'rovlar onlayn: har so'rov oldingi javobga bog'liq holda shifrlangan. last - oldingi so'rovning javobi (birinchi so'rov uchun 0). So'rov qatorida uchta son a, b, c beriladi; haqiqiy qiymatlar:

l = (a + last) mod n + 1, r = (b + last) mod n + 1 (agar l > r bo'lsa, ular almashtiriladi), x = c ⊕ (last mod 230) (⊕ - bit bo'yicha XOR).

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va q, ikkinchi qatorda a1, …, an, keyin q qatorda a, b, c.

Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 105, 1 ≤ ai ≤ 109, 0 ≤ a, b < n, 0 ≤ c < 230; shifr ochilgach 0 ≤ x < 230.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har so'rov uchun alohida qatorda to'lanadigan pul.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.