Ustun keluvchi ovoz
Masala #2247 · murakkablik 80% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 512 MB
Saylovda n ta saylovchi navbat bilan ovoz berdi: i-saylovchi ai raqamli nomzodga. q ta so'rov (l, r, k): l..r saylovchilar orasida ovozlarining 1/k qismidan ko'pini olgan nomzodlardan raqami eng kichigini toping, ya'ni c · k > r − l + 1 bo'ladigan eng kichik x (c - x ning [l, r] dagi ovozlari soni). Bunday nomzod bo'lmasa, -1.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va q, ikkinchi qatorda a1, …, an, keyin q qatorda l r k.
Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 2·105, 1 ≤ ai ≤ n, 1 ≤ l ≤ r ≤ n, 2 ≤ k ≤ 5.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har so'rov uchun alohida qatorda javob.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.