To'lab bo'lmaydigan summa

Masala #2244 · murakkablik 72% · vaqt chegarasi 1.5 s · xotira 256 MB

Javonda n ta tanga qatorasiga terilgan, i-tanganing qiymati ai so'm. q ta so'rov: l-tangadan r-tangagacha bo'lgan tangalar olinadi. Ulardan ba'zilarini tanlab (har tanga ko'pi bilan bir marta) aniq S so'm to'lash mumkin bo'lmagan eng kichik musbat S ni toping.

Masalan, tangalar 1, 2, 4 bo'lsa, 1 dan 7 gacha har summa to'lanadi, 8 esa yo'q - javob 8. Tangalar 2, 4 bo'lsa, javob 1.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va q, ikkinchi qatorda a1, …, an. Keyingi q qatorda l r.

Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 105, 1 ≤ ai ≤ 109, 1 ≤ l ≤ r ≤ n.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har so'rovga alohida qatorda bitta son.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.