Xaritadagi do'konlar

Masala #2225 · murakkablik 60% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Shahar xaritasida n ta do'kon belgilangan, i-do'kon (xi, yi) nuqtada (bir nuqtada bir nechta do'kon bo'lishi mumkin). q ta so'rov: tomonlari o'qlarga parallel to'g'ri to'rtburchak [x1, x2] × [y1, y2] ichida (chegarasi ham kiradi) nechta do'kon bor?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va q, keyin n qatorda xi yi, keyin q qatorda x1 y1 x2 y2.

Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 105, barcha koordinatalar |·| ≤ 109, x1 ≤ x2, y1 ≤ y2.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har so'rov uchun alohida qatorda javob.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.