O'rmon xaritasi
Masala #2224 · murakkablik 54% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
O'rmon n × n kataklarga bo'lingan: * - katakda daraxt bor, . - yo'q. Qatorlar yuqoridan pastga, ustunlar chapdan o'ngga 1 dan n gacha raqamlangan. O'rmonchi q ta amal bajaradi:
1 y x- (y, x) katakdagi holat o'zgaradi: daraxt bo'lsa kesiladi, bo'lmasa ekiladi;2 y1 x1 y2 x2- qatorlari y1..y2, ustunlari x1..x2 bo'lgan to'g'ri to'rtburchakda nechta daraxt borligini ayting.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va q, keyin n qatorda xarita (har biri n belgi), keyin q qatorda amallar.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 1000, 1 ≤ q ≤ 2·105, 1 ≤ y1 ≤ y2 ≤ n, 1 ≤ x1 ≤ x2 ≤ n.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har 2-amal uchun alohida qatorda javob.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.