Ortiqcha nusxa

Masala #2241 · murakkablik 52% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Ombordagi qutilar qatoriga n ta yorliq yopishtirilgan, har yorliqda butun son. Tekshiruvchi q marta so'raydi: [l, r] oraliqdagi yorliqlar orasida biror son kamida ikki marta uchraydimi? (ya'ni ortiqcha nusxa bormi?)

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va q (1 ≤ n, q ≤ 2·105), ikkinchi qatorda n ta son (|ai| ≤ 109), keyin q qatorda l r (1 ≤ l ≤ r ≤ n).

Chiquvchi ma'lumotlar

Har so'rov uchun alohida qatorda 1 (ortiqcha nusxa bor) yoki 0 (yo'q).

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.