O'zgaruvchan tarmoq
Masala #2282 · murakkablik 85% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
Tarmoqda n ta kompyuter va boshida m ta ikki tomonlama aloqa bor. Keyin k ta voqea yuz beradi: 1 a b - a va b orasida yangi aloqa o'rnatiladi (avval yo'q edi), 2 a b - a va b orasidagi aloqa uziladi (u bor edi). Boshida va har voqeadan keyin tarmoqdagi bog'lanish komponentlari sonini chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, m, k. Keyin m qatorda a b, keyin k qatorda voqealar. Bir juft orasida bir vaqtda ko'pi bilan bitta aloqa bo'ladi, a ≠ b.
Cheklovlar: 2 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ m, k ≤ 105.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda k + 1 ta son.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.