Aynan k ta oq qirra
Masala #2281 · murakkablik 80% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
Bog'langan yo'naltirilmagan grafda n ta tugun va m ta qirra bor, har qirra oq yoki qora rangda va vaznga ega. Aynan k ta oq qirrasi bo'lgan ostov daraxtlari ichida eng kichik vaznlisining vaznini toping. Bunday daraxt mavjudligi kafolatlanadi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, m, k. Keyin m qatorda u v w c: c = 0 - oq, c = 1 - qora.
Cheklovlar: 2 ≤ n ≤ 5·104, n − 1 ≤ m ≤ 105, u ≠ v, 1 ≤ w ≤ 100.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng kichik vazn.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.