Eng kichik o'rtacha sikl
Masala #2279 · murakkablik 72% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Yo'naltirilgan grafda n ta tugun va m ta vaznli qirra bor (sirtmoq u = v va parallel qirralar mumkin). Siklning o'rtacha vazni - qirralar vaznlari yig'indisi bo'lingan qirralar soniga. Barcha sikllar ichida eng kichik o'rtacha vaznni toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m. Keyin m qatorda u v w.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 1000, 0 ≤ m ≤ 5000, |w| ≤ 106.
Chiquvchi ma'lumotlar
Javobni qisqarmas kasr p/q (q > 0) ko'rinishida chiqaring; grafda sikl bo'lmasa - YOQ.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.