Datchiklar tarmog'i

Masala #2266 · murakkablik 52% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 64 MB

Dalada n ta datchik o'rnatilgan, i-datchik (xi, yi) nuqtada. Istalgan ikki datchikni kabel bilan ulash mumkin, narxi masofaning kvadratiga teng: (xi − xj)2 + (yi − yj)2. Barcha datchiklarni bitta tarmoqqa (to'g'ridan-to'g'ri yoki boshqalar orqali) ulashning eng kam umumiy narxini toping. Bir nuqtada bir nechta datchik bo'lishi mumkin.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n. Keyin n qatorda x y.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 5000, |x|, |y| ≤ 106. Xotira chegarasi - 64 MB.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng kam narx.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.