Eng qisqa aylanma marshrut

Masala #2260 · murakkablik 58% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Shaharda n ta diqqatga sazovor joy va ular orasida m ta ikki tomonlama yo'l bor, i-yo'lning uzunligi wi. Ikki joy orasida ko'pi bilan bitta yo'l bor. Ekskursiya marshruti - kamida 3 ta turli joydan o'tib, boshlang'ich joyga qaytadigan va hech bir joyga ikki marta kirmaydigan aylana (sikl). Eng qisqa aylana uzunligini toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m. Keyin m qatorda u v w.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 300, 0 ≤ m ≤ n(n − 1)/2, u ≠ v, 1 ≤ w ≤ 106.

Chiquvchi ma'lumotlar

Eng qisqa aylana uzunligi yoki, aylana bo'lmasa, -1.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.