Teleportlar sayohati
Masala #2272 · murakkablik 48% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Koinotda n ta sayyora bor, har birida bitta teleport: i-sayyoradagi teleport fi-sayyoraga olib boradi (fi = i ham bo'lishi mumkin). q ta so'rov: «x-sayyoradan boshlab teleportdan ketma-ket k marta foydalansa, qaysi sayyoraga tushadi?»
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va q. Ikkinchi qatorda f1, …, fn. Keyin q qatorda x k.
Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 105, 1 ≤ fi, x ≤ n, 0 ≤ k ≤ 109.
Chiquvchi ma'lumotlar
q ta qator - so'rovlar javoblari.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.