Kim kimga yeta oladi
Masala #2259 · murakkablik 55% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Ijtimoiy tarmoqda n ta foydalanuvchi bor. aij = 1 bo'lsa, i-foydalanuvchi j-foydalanuvchiga to'g'ridan-to'g'ri xabar yubora oladi (teskarisi shart emas). Xabar zanjir bo'ylab uzatilishi mumkin. i ≠ j bo'lgan nechta tartiblangan (i, j) juftlikda i ning xabari (bir yoki bir necha qadamda) j ga yetib boradi?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n. Keyin n qatorda n ta belgidan iborat satr: i-qatorning j-belgisi aij (0 yoki 1); aii = 0.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 1500.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - juftliklar soni.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.