Ikki rangli daraxt
Masala #2286 · murakkablik 76% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
n tugunli daraxtning har qirrasida uzunlik w yozilgan. Aynan k ta tugunni qora, qolganlarini oq rangga bo'yash kerak. Foyda - barcha qora-qora tugun juftliklari orasidagi masofalar yig'indisi plyus barcha oq-oq juftliklar orasidagi masofalar yig'indisi (har tartibsiz juftlik bir marta; masofa - yo'ldagi qirralar uzunliklari yig'indisi).
Eng katta foydani toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n k. Keyingi n − 1 qatorda qirralar u v w.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2000, 0 ≤ k ≤ n, 0 ≤ w ≤ 105.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng katta foyda.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.