Qavatdagi harflar

Masala #2311 · murakkablik 74% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

n tugunli daraxt, ildizi 1, uning chuqurligi 1 (bolaning chuqurligi otasinikidan 1 ga katta). i-tugunda kichik lotin harfi yozilgan. m ta so'rov: v h - v ning qism daraxtidagi, chuqurligi aynan h bo'lgan barcha tugunlarning harflarini (hammasini, istalgan tartibda) qo'yib palindrom hosil qilish mumkinmi? Bunday tugun bo'lmasa, bo'sh satr - palindrom.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n m. Ikkinchi qatorda p2, …, pn - otalar (n = 1 bo'lsa, bo'sh). Uchinchi qatorda n ta harfdan iborat satr: i-harf - i-tugunniki. Keyin m ta qator v h.

Cheklovlar: 1 ≤ n, m ≤ 6·104, 1 ≤ h ≤ n + 1; pi < i deb kafolat berilmagan.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har so'rov uchun alohida qatorda HA yoki YOQ.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.