Minimal tarmoq

Masala #2292 · murakkablik 60% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Viloyatdagi n ta qishloq n − 1 ta yo'l bilan daraxt shaklida ulangan, j-yo'lning uzunligi wj. q ta loyiha ko'rib chiqiladi: har loyihada k ta qishloq beriladi va ularni o'zaro ulash uchun yo'llarning bir qismini ta'mirlash kerak - ta'mirlangan yo'llar bo'ylab loyihadagi istalgan qishloqdan istalganiga borish mumkin bo'lsin.

Har loyiha uchun ta'mirlanadigan yo'llar uzunliklari yig'indisining eng kichik qiymatini toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n. Keyingi n − 1 qatorda yo'llar u v w. Keyin q, so'ng q ta qator: k a1 … ak (turli qishloqlar).

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 5·104, 1 ≤ w ≤ 104, Σk ≤ 105.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har loyiha uchun alohida qatorda bitta son.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.