Xabar tarqatish
Masala #2290 · murakkablik 78% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
n ta xodim daraxt shaklidagi aloqa tarmog'ida: n − 1 ta juftlik bir-biriga qo'ng'iroq qila oladi. Bir xodim yangilikni 0-daqiqada biladi. Har daqiqada yangilikni biladigan har bir xodim aloqadoshlaridan bittasiga qo'ng'iroq qilib, unga yangilikni aytishi mumkin (qo'ng'iroq bir daqiqa davom etadi, keyingi daqiqada ikkalasi ham boshqalarga qo'ng'iroq qila oladi).
Yangilikni birinchi kim bilsa, hamma eng tez xabardor bo'ladi? Eng kam vaqtni va shu vaqtga erishiladigan barcha boshlang'ich xodimlarni toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n. Keyingi n − 1 qatorda juftliklar u v.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105.
Chiquvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda eng kam vaqt (daqiqalarda). Ikkinchi qatorda shu vaqtni beradigan boshlang'ich xodimlar raqamlari, o'sish tartibida.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.