Yopiq shahar
Masala #2347 · murakkablik 78% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Mamlakatda n ta shahar va m ta ikki tomonlama yo'l bor; istalgan shahardan istalganiga yetib borish mumkin. q ta savol: c-shahar karantin sababli yopilgan (unga kirib ham, undan o'tib ham bo'lmaydi). a-shahardan b-shaharga borish mumkinmi?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, m, q. Keyingi m qatorda yo'llar u v, keyin q qatorda savollar a b c.
Cheklovlar: 2 ≤ n ≤ 5·104, n − 1 ≤ m ≤ 105, 1 ≤ q ≤ 5·104, u ≠ v; graf bog'langan. a, b, c istalgan (teng bo'lishi ham mumkin); c = a yoki c = b bo'lsa, javob NO.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har savolga YES yoki NO.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.