Teleportlar zanjiri

Masala #2325 · murakkablik 55% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Sayyorada n ta stansiya va m ta bir tomonlama teleport bor; har teleport faqat bir marta ishlaydi. Sayyoh 1-stansiyada turibdi va n-stansiyaga borishi kerak, yo'lda esa barcha teleportlardan foydalanishi shart. Shunday marshrutni toping.

Bir nechta to'g'ri javob bo'lishi mumkin - istalgan to'g'ri javob qabul qilinadi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m. Keyingi m qatorda u v - u dan v ga teleport (u = v ham bo'lishi mumkin: joyida aylanish).

Cheklovlar: 2 ≤ n ≤ 4·104, 1 ≤ m ≤ 8·104.

Chiquvchi ma'lumotlar

Marshrut bo'lmasa - IMPOSSIBLE. Aks holda bitta qatorda m + 1 ta stansiya - marshrut bo'ylab tartibda (birinchisi 1, oxirgisi n).

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.