Ijara mashinalari
Masala #2348 · murakkablik 80% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Ijara kompaniyasida k ta mashina bor. n ta buyurtma kelgan: i-buyurtma mashinani [si, ei) vaqt oralig'ida talab qiladi va wi so'm to'laydi. Bitta mashina bir vaqtda faqat bitta buyurtmani bajaradi (buyurtma tugagan paytda keyingisi boshlanishi mumkin). Buyurtmani qisman bajarib bo'lmaydi. Qaysi buyurtmalarni qabul qilish kerakki, daromad eng katta bo'lsin?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va k. Keyingi n qatorda si ei wi.
Cheklovlar: 1 ≤ k ≤ n ≤ 300, 0 ≤ si < ei ≤ 109, 1 ≤ wi ≤ 106.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng katta daromad.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.