Navbatchilik jadvali

Masala #2343 · murakkablik 70% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Kasalxonada R ta shifokor va C kunlik navbatchilik rejasi tuziladi. Jadvalning i-qatori j-ustunida 1 turadi, agar i-shifokor j-kuni navbatchi bo'lsa, aks holda 0. Ma'lum: i-shifokor jami ri marta navbatchilik qilishi, j-kuni aynan cj ta shifokor navbatchi bo'lishi kerak. Ba'zi shifokorlar ba'zi kunlari band - jadvalda # bilan belgilangan, u yerda 0 turishi shart.

Shunday jadval tuzing yoki u mavjud emasligini aniqlang.

Bir nechta to'g'ri javob bo'lishi mumkin - istalgan to'g'ri javob qabul qilinadi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda R va C. Ikkinchi qatorda r1, …, rR, uchinchisida c1, …, cC. Keyingi R qatorda C ta belgi: . - bo'sh, # - band.

Cheklovlar: 1 ≤ R, C ≤ 100, 0 ≤ ri ≤ C, 0 ≤ cj ≤ R.

Chiquvchi ma'lumotlar

Jadval bo'lmasa - -1. Aks holda R qatorda C tadan 0/1 belgi (probelsiz).

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.