Tinch otlar
Masala #2344 · murakkablik 72% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
N × M katakli taxtaning ba'zi kataklari teshik (#). Bo'sh kataklarga iloji boricha ko'p shaxmat otini shunday qo'yingki, hech qaysi ikki ot bir-birini urmasin (ot «Г» shaklida yuradi: bir yo'nalishda 2, ikkinchisida 1 katak; teshiklar ustidan sakrash mumkin). Eng ko'p nechta ot qo'yish mumkin?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda N va M. Keyingi N qatorda M ta belgi: . yoki #.
Cheklovlar: 1 ≤ N, M ≤ 100.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - otlar soni.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.